logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Fermin Xulian Alvares transferi haqida fikr bildirdi

 18 AVGUST, 2026, 12:06

«Barselona» futbolchisi Fermin Lopes «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresning kataloniyaliklar safiga ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.

«Menga Alvares yoqadi. U juda yaxshi futbolchi, ammo hozir u Madridning «Atletiko» klubida to'p tepmoqda. Faqat shuni aytishim mumkinki, u «Barselona»ga mos tushgan bo'lardi», — deya Lopesning so'zlarini diariARA nashri keltirmoqda.

Butun transfer oynasi davomida «Barselona» Alvaresni sotib olishni istayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Biroq «Atletiko» o'z hujumchisini raqobatchi klubga qo'yib yuborish niyatida emas.

2025/26 mavsumida argentinalik hujumchi 49 ta o'yinda 20 ta gol urdi. Shuningdek, u 9 ta golli uzatmani ham amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ