logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Xollouey Maxachevning ikki vazn chempionligini shubha ostiga oldi

 18 AVGUST, 2026, 11:32

Maks Xollouey o'tgan yili UFC`ning engil vazndagi chempionlik kamaridan voz kechgan Islam Maxachev nima uchun omma oldida ikkita chempionlik kamari bilan ko'rinish berayotganini qabul qila olmayapti.

"Nega birdaniga ikkita kamaring bor? Omma oldida maqtanish uchunmi? Menimcha, shunga o'xshaydi. Go'yoki ikki karra chempiondek ko'rinasan, lekin aslida unday emassan, chunki faqat bitta kamarni himoya qilasan. Nega ikkitasini o'zing bilan olib yuribsan? Men buni tushunmayapman", — dedi amerikalik jangchi Kick platformasidagi jonli efir vaqtida.

Yakshanba tongida Islam Maxachev Filadelfiyada bo'lib o'tgan UFC 330 turnirining asosiy jangida Yen Machado Gerrini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etib, yarim o'rta vazn toifasidagi UFC chempionlik kamarini ilk bor muvaffaqiyatli himoya qilgandi. Bungacha rossiyalik engil vaznda to'rt marta chempionlik kamarini himoya qilgan va Genri Sexudo, Daniel Korme, Jon Jons va Amanda Nunes qatoriga qo'shilgandi — nomlari tilga olingan ikki xil vazn toifasida chempionlik kamarlarini muvaffaqiyatli himoya qila olgan UFC jangchilaridir.

Maxachev engil vazndagi chempionlik unvonidan voz kechganidan so'ng, kamar ikki marta o'z egasini o'zgartirdi: avvaliga vakant kamar uchun bo'lgan jangda CHarlz Oliveyrani nokautga uchratgan Iliya Topuriya chempion bo'ldi, keyinroq esa birlashtiruvchi jangda "El Matador"ni sensacion tarzda mag'lub etgan Jastin Getji chempionlik kamariga ega chiqdi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ