logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Fermin: "16-raqam ishonchli qo'llarda bo'ladi"

 18 AVGUST, 2026, 11:30

"Barselona"ning yangi o'yinchisi Rodri Ernandes o'zining sevimli raqamini kiyishda davom etadi. Tez orada shartnomasi e'lon qilinadigan yulduz yarim himoyachiga ilgari Fermin Lopes kiygan 16-raqam beriladi. 23 yoshli "ko'k-anorranglilar" futbolchisi bu haqda intervyusida ma'lum qildi.

"Rodri ajoyib o'yinchi. Jahon chempioni, "Oltin to'p" sohibi. Men u bilan Ispaniya terma jamoasida o'ynaganman va uni dunyodagi eng yaxshi himoyachi yarim himoyachi deb bilaman.

Men har doim ettinchi raqamni yaxshi ko'rganman, shuning uchun u mavjud ekanligini eshitganimda uni tanladim. "Barselona"ning ko'plab buyuk o'yinchilari ettinchi raqamni kiyishgan. 16-raqamdan ajralish biroz achinarli edi, chunki bu men uchun juda muhim edi, lekin ishonchim komilki, u ishonchli qo'llarda bo'ladi" - dedi Fermin Barca Universal nashriga bergan intervyusida.

"Manchester Siti" Rodrining "Barselona"ga sotilishidan bonuslarni ham qo'shib hisoblaganda taxminan 76,5 million evro daromad oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ