Las-Vegasdagi UFC turnirining asosiy jangi tasdiqlandi + POSTER
18 AVGUST, 2026, 10:48
Dunyoning eng kuchli ligasi matbuot xizmati tomonidan 7 noyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadigan UFC Fight Night turnirining asosiy jangi elon qilindi.Yarim o'rta vazn toifasi vakillari Gabriel Bonfim va SHon Bredi o'rtasidagi jang Las-Vegas turnirining asosiy voqeasi bo'ladi. Braziliyalik 28 yoshli Gabriel Bonfim iyun oyida ketma-ket beshinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. U besh raund yakuniga ko'ra, divizionning sobiq chempioni Belal Muhammadni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgan edi.
Amerikalik 33 yoshli SHon Bredi esa o'tgan yilning noyabr oyida Maykl Moralesga birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan yutqazib, uchta g'alabadan iborat seriyasini to'xtatgandi. SHu yilning may oyida esa u Xoakin Baklini hakamlarning bir ovozdan qabul qilgan qarori bilan mag'lub etib, faoliyatini yana muvaffaqiyatli yo'lga solib oldi.

Manba: olamsport.com
