Akanji: "Stouns "Inter"ga hech qanday muammosiz moslashadi"
18 AVGUST, 2026, 10:24
"Inter" markaziy himoyachisi Manuel Akanji Jon Stounsning kelishi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Manchester Siti"dagi faoliyatidan beri bir-birlarini bilgan shveytsariyalik va ingliz endi "neradzurri"ni birgalikda himoya qiladi.
"Premer-liga sizni jismoniy jihatdan tayyorlaydi, ammo Italiyada taktik jihatdan boshqacha. Stouns va men "Manchester Siti"da to'rt kishilik himoyada o'ynadik. Bu erdagi yangi talablarga ko'nikishim kerak edi, lekin men tezda moslashdim. Men Jonni yaxshi bilaman, shuning uchun u hech qanday muammosiz moslashadi, deb ayta olaman. U to'g'ri joyga keldi" - dedi Akanji La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.
Jon Stouns shu yozda "Inter"ga bepul transfer orqali qo'shildi. Milanga o'tishdan oldin u "Manchester Siti" klubida o'n yil o'ynagan.
