"Manchester Yunayted" yangi yarim himoyachi sotib olmaydimi?
18 AVGUST, 2026, 10:24
"Manchester Yunayted" yarim himoyani kuchaytirish uchun izlanishda davom etmoqda. "Qizil iblislar" allaqachon o'z saflariga Andrey Santos va Yuri Tilemansni qo'shib olishgan, ammo klub yana bir yarim himoyachini - ehtimol, ketgan Kazemironing o'rnini bosuvchi futbolchini olib kelishga umid qilgan edi. Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, ko'p narsa bozorga bog'liq bo'ladi: agar "Manchester Yunayted" munosib nomzod topa olmasa, "raqamlar uchun" shartnoma imzolashni kutmasliklari kerak.
22 avgust, shanba kuni Maykl Kerrikning jamoasi Premer-liganing birinchi tur o'yinida safarda "Xall Siti"ga qarshi o'ynaydi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi.
