Rodri «Barselona»ga o'tganini tasdiqladi: «Bu mening orzum»
18 AVGUST, 2026, 09:00
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri faoliyatini «Barselona»da davom ettirishini tasdiqladi.
«Manchester Siti»ning tayanch yarim himoyachisi Kataloniyaga etib kelgach, jurnalistlar bilan suhbatda o'z his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
«Bu erga kelganimdan juda xursandman. So'nggi kunlar ancha tarang o'tdi, ammo barcha masalalar hal bo'lganidan baxtiyorman. Sizlar bilan tanishganimdan va bu erda bo'lganimdan mamnunman.
“Barselona” safida o'ynash men uchun orzu edi. Jamoadoshlarim bilan tezroq uchrashishni intiqlik bilan kutyapman. Ularning ko'pchiligini allaqachon yaxshi taniyman.
Endi ishlash va Chempionlar ligasi hamda oldinda turgan barcha musobaqalarda g'alaba qozonish uchun bor kuchimni sarflash vaqti keldi», — dedi Rodri.
Ma'lumotlarga ko'ra, «Barselona» ispaniyalik futbolchi uchun «Manchester Siti»ga 60 million evro hamda qo'shimcha bonuslar to'laydi.
Rodri 2026 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan va 2024 yilgi «Oltin to'p» sohibi hisoblanadi. Ayni paytda u belida o'tkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin tiklanish jarayonini o'tamoqda.
