Superliga. «Buxoro» — «Neftchi». Prevyu
18 AVGUST, 2026, 09:00
Bugun Superliganing 18-tur markaziy bahsida sevimli «Neftchi» jamoamiz safarda «Buxoro» klubi mehmoni bo'ladi. Mazkur uchrashuv ikkala jamoa uchun ham turnir jadvalida katta ahamiyatga ega. Farg'onaliklar chempionlik yo'lida peshqadamlikni mustahkamlash va turnir jadvalidagi ustunlikni saqlab qolish uchun maydonga tushadi. Maydon egalari ham sovrinli o'rinlar uchun kurashmoqda.
Statistik ma'lumot«Buxoro» hamda «Neftchi» jamoalari O'zbekiston milliy chempionati doirasida shu kunga qadar 57 marta rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etishgan. Bularning 15 tasida «Buxoro» g'alaba qozongan, 5 ta o'yinda murosa ko'chasini tanlashgan va 37 ta bahsda «Neftchi»ning qo'li baland kelgan. Umumiy to'plar nisbati 51:107 — farg'onaliklar foydasiga.
Eng yirik g'alabalar18.05.1999
«Buxoro» — «Neftchi» 4:1
04.09.1999
«Neftchi» — «Buxoro» 5:0
Buxoroda qayd etilgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari07.11.2025
«Buxoro» — «Neftchi» 1:1
21.04.2023
«Buxoro» — «Neftchi» 2:2
19.07.2018
«Buxoro» — «Neftchi» 0:0
07.04.2017
«Buxoro» — «Neftchi» 3:0
16.08.2016
«Buxoro» — «Neftchi» 2:0
Eslatib o'tamiz, «Buxoro» — «Neftchi» uchrashuvini Firdavs Norsafarov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bellashuv soat 20:00 da boshlanadi.
