logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Manchester Yunayted» Brunu Fernandesh bilan muzokaralarni davom ettirmoqda

 18 AVGUST, 2026, 07:24

«Manchester Yunayted» jamoa sardori Brunu Fernandesh bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Portugaliyalik yarimhimoyachining amaldagi kelishuvi keyingi yozda yakuniga etadi va unda shartnomani yana bir yilga uzaytirish optsiyasi mavjud.

Insayder Fabritsio Romanoning xabar qilishicha, «qizil iblislar» may oyidayoq futbolchiga yangi taklif bilan chiqishgan va shundan beri muzokaralar to'xtagani yo'q. Yoz davomida «Galatasaroy» va boshqa Evropa klublari Brununi o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'rishgan bo'lsa-da, «Manchester Yunayted» o'z etakchisini saqlab qolishni maqsad qilgan. Sentyabr oyida Fernandesh 32 yoshni qarshi oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ