Keyn yaqin orada «Bavariya» bilan yangi shartnomani muhokama qilishini ma'lum qildi
18 AVGUST, 2026, 07:18
Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn «Bavariya» bilan yangi shartnoma bo'yicha tez orada muzokaralar boshlanishini ma'lum qildi.
33 yoshli futbolchining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
«Hozir bu haqda gaplashishning ayni vaqti. Bu yoki keyingi haftada gaplashib olamiz, ikkala tomon ham juda xotirjam», — deydi Keyn Abendzeitung nashriga bergan intervyusida.
Keyn shartnomasini 2029 yoki 2030 yilgacha uzaytirishi kutilmoqda.
