logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Rafinya 2026/27 yilgi mavsumda «Barselona»ning birinchi sardoriga aylanadi

 18 AVGUST, 2026, 07:18

Hujumchi Rafinya 2026/27 yilgi mavsumda «Barselona»ning birinchi sardori bo'ladi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

Gap shundaki, ilgari «Barselona»ning birinchi sardori Mark-Andre ter Shtegen edi, ammo u ijara huquqi asosida «Ayaks»ga o'tdi. Kataloniyaliklar vitse-sardori Ronald Arauxoni esa «Liverpul» ijaraga oldi.

Ularning ketishidan so'ng «ko'k-anorranglilar»ning yangi sardori yarim himoyachi Frenki de Yong bo'lishi kerak edi. Ammo klubda sardorlik bog'ichi Rafinyaga berilishiga qaror qilindi. Oldinroq de Yongning og'ir jarohat olgani haqida xabar berilgan edi.

Rafinya va de Yong bo'lmagan taqdirda, sardorlik bog'ichini Pedri oladi. Keyingi o'rinda himoyachi Erik Garsiya bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ