logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Jeyms: «Maydonga qaytganimdan xursandman, chunki mavsum boshlanishiga bor-yo'g'i bir hafta qoldi»

 18 AVGUST, 2026, 07:12

«Chelsi» sardori va himoyachisi Ris Jeyms «Real Sosedad»ga qarshi o'rtoqlik o'yinidagi g'alabadan (3:1) so'ng maydonga qaytgani va yangi mavsumga tayyorgarlik haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Jamoa yaxshi o'yin ko'rsatdi. Maydonga qaytganimdan xursandman, chunki mavsum boshlanishiga bor-yo'g'i bir hafta qoldi. Tanaffus juda qisqa bo'ldi, shu sababli kechagi o'yin davomida o'zimni yomon his qilmadim. Sharoitlar murakkab, juda issiq edi, lekin o'zimni a'lo darajada his qilyapman. Jismoniy holatni yanada yaxshilab olish kerak, ammo kechagi kun oldinga tashlangan yaxshi qadam bo'ldi. Tanaffus hamma xohlaganidan ko'ra qisqaroq bo'lgandir, lekin safga qaytganimdan xursandman», — deydi Jeyms klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ