logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Karrager: «Kerrik «Manchester Yunayted» bilan APL yoki Chempionlar ligasini yuta olishiga ishonmayman»

 18 AVGUST, 2026, 07:06

«Liverpul»ning sobiq himoyachisi, hozirda esa futbol eksperti Jeymi Karrager Maykl Kerrik boshqaruvidagi «Manchester Yunayted»ning yangi mavsumdagi imkoniyatlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Hamma narsa albatta yomon ketadi demoqchi emasman. «Manchester Yunayted» oxirgi ortiqcha shov-shuvlar va tsirkka aylanib qolmaslik uchun so'nggi olti oyda ko'rsatgan o'yinini yana 12 oy davom ettirishi kerak va Kerrik buni ta'minlab bermoqda.

Shaxsan men Maykl Kerrikda menedjer sifatida Chempionlar ligasi yoki Premer-ligani yutish uchun kerak bo'lgan o'sha «o'ziga xos mahorat» borligiga ishonmayman. U «Manchester Yunayted» bilan APL yoki Chempionlar ligasida g'olib chiqishiga ishonmayman, lekin u haqiqatan ham juda yaxshi ish olib bordi. Uda yaxshi mavsum bo'lishi mumkin va u «Manchester Yunayted»ni kelajakda Chempionlar ligasini yuta oladigan murabbiyni taklif qilish darajasiga olib chiqa oladi», — deydi Karrager The Overlap YouTube-kanalining yangi sonida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ