logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Ronaldu «An-Nasr»ning navbatdagi o'yinini ham o'tkazib yuboradi

 18 AVGUST, 2026, 07:00

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasining yana bir uchrashuvida maydonga tushmasligi kutilmoqda. Saudiya OAVlariga tayanib Al Nassr Zone bergan xabarga ko'ra, 41 yoshli portugaliyalik futbolchi seshanba kuni Saudiya Chempionlar kubogi doirasida «Al-Diriya»ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinda qaydnomaga kiritilmaydi.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 1-turidan o'rin olgan «Al-Fatex»ga qarshi dastlabki o'yinda ham maydonga tushmagan edi. Shunga qaramay, Riyoz klubi ikkinchi bo'limda raqibini 3:0 hisobida ishonchli tarzda mag'lub etgan.

Shuningdek, iyul oyidan beri «An-Nasr»ni astraliyalik mutaxassis Ange Postekoglu boshqarib kelmoqda. U o'tgan mavsum yakunida jamoani tark etgan Jorje Jezushning o'rnini egallagan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ