logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Real» Endrikni «Milan»ga berishdan voz kechdi

 18 AVGUST, 2026, 06:48

Italiyalik taniqli jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, «Milan» klubi braziliyalik hujumchi Endrikni o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'rgan. Biroq 2024 yildan beri futbolchining huquqlariga egalik qiluvchi «Real Madrid» Italiya tomonining taklifini rad etgan.

«Jerri Kardinalening o'zi Endrikning atrofidagi insonlar bilan bog'landi. Men buni yuz foiz aniq bilaman. Ammo hozircha berilgan javob — «yo'q». Ehtimol, «Real» transfer oynasining so'nggi kunlarida o'z fikrini o'zgartirar va uni yana ijaraga berar», — deydi Fabritsio Romano.

Eslatib o'tamiz, Italiya A Seriyasining yangi mavsumi shu haftaning oxirida star oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ