logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Al-Hilol» Benzema bilan xayrlashmoqchi

 18 AVGUST, 2026, 06:48

«Al-Hilol» klubi yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar hujumchi Karim Benzema bilan shartnomani bekor qilish niyatida.

Saudiya klubi bosh murabbiyi Simone Indzagi 38 yoshli frantsuz futbolchisini o'z rejalariga kiritmayapti. Ammo vaziyat murakkabligicha qolmoqda, chunki Benzemaning maoshi qisman mamlakat rahbariyat organlari tomonidan to'lanadi. Bundan tashqari, «Al-Hilol» shartnomani bekor qilish masalasini Saudiya ligasi bilan ham kelishishi kerak.

Benzema, o'z navbatida, shartnomaning oxirgi yili uchun ko'zda tutilgan barcha mablag'ni olsagina, erkin agent sifatida ketishga tayyor. Ushbu talab «Al-Hilol»ni ham, ligani ham, mamlakat rahbariyatini ham qoniqtirmayapti.

Bu orada klub «Aston Villa» hujumchisi Olli Uotkins bilan kelishib olgan, biroq Benzema atrofidagi boshijarlik sababli inglizlarga rasmiy taklif yubora olmayapti.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ