logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Di Napoli: «Faqat bir klub «Inter»ga muammo tug'dira olishi mumkin»

 18 AVGUST, 2026, 06:42

Italiyalik sobiq futbolchi Arturo di Napoli A Seriyaning yangi mavsumi ham o'tgan yilgi stsenariy bo'yicha o'tishiga shubha qilmayapti. U murabbiy almashinuviga qaramay, Milanning «Inter» klubiga asosiy raqib sifatida yana «Napoli»ni ko'rmoqda.

«Hozirgi kunda asosiy favoritlar guruhida «Inter»ga muammo tug'dira oladigan yagona jamoa — bu «Napoli». Men «Yuventus»ga ham ozgina umid bog'layapman, ammo «Milan»ning imkoniyatlari menga ishonchli ko'rinmayapti. Buning ustiga, «rossoneri»ga chiroyli gapiradigan, lekin o'z so'zlarini maydonda isbotlashi kerak bo'lgan murabbiy keldi. Muammolar saqlanib qolmoqda», — dedi di Napoli fcinter1908.it nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Italiya chempionatining yangi mavsumi shu haftaning oxirida boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ