Chalxanoglu A Seriya manziliga aytilgan tanqidlarga qo'shilmadi
18 AVGUST, 2026, 06:36
Milanning «Inter» klubi yarimhimoyachisi Xakan Chalxanoglu Italiya A Seriyasining hozirgi darajasi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Oxirgi vaqtlarda Italiya chempionati va umuman mamlakat futboli keskin tanqidlarga uchrayotgan edi. Biroq «neradzurri» xavbeki mahalliy liga darajasini hamon yuqori baholamoqda.
«A Seriya — yaxshi, juda yaxshi chempionat. «Atalanta» va «Fiorentina» kabi jamoalar ko'plab sifatli futbolchilar bilan shartnoma imzolamoqda. Mening nazarimda, A Seriya Angliya va Ispaniya chempionatlari bilan bir qatorda Evropaning kuchli uchlik ligasiga kiradi», — dedi Chalxanoglu Football-Italia nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, «Inter» o'tgan mavsumda 87 ochko to'plab, Italiya chempionatida ishonchli tarzda zafar kuchgan edi. Shanba kuni Kristian Kivu shogirdlari yangi mavsumni o'z maydonida «Montsa»ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.
