«Real»da «yangi Mbappe»ning sport formasidan hayratdalar
18 AVGUST, 2026, 06:30
Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe ta'tildan so'ng jamoa ixtiyoriga qaytdi. Diario AS nashrining xabar berishicha, klub ichidagilar frantsuz futbolchisining jismoniy holatini juda yuqori baholashmoqda. Yulduzli forvarning hozirgi sport formasi «sensatsion» deb ta'riflanmoqda va uni hatto «yangi Mbappe» deb atashmoqda.
O'tgan mavsumda Kilian Mbappe «Real» safida barcha turnirlarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 42 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Shunga qaramay, madridliklar birorta ham sovrin qo'lga kirita olishmagan edi.
Eslatib o'tamiz, Joze Mourino boshchiligidagi «Real Madrid» La Liganing yangi mavsumidagi ilk o'yinini 22 avgust kuni «Espanol»ga qarshi o'tkazadi.
