logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Chalxanoglu: «Inter»ning maqsadi — dominantlikni davom ettirish»

 18 AVGUST, 2026, 06:24

Milanning «Inter» klubi yarimhimoyachisi Xakan Chalxanoglu yangi mavsum oldidan o'z kutilmalari bilan o'rtoqlashdi.

22 avgust kuni Kristian Kivu boshchiligidagi «neradzurri» A Seriyaning 1-turida o'z maydonida «Montsa»ga qarshi bahs olib boradi. O'tgan mavsumda milanliklar chempionat va Italiya Kubogini qo'lga kiritib, oltin dubl qayd etgan edi.

«Bizning maqsadimiz — ligada dominantlik qilishda davom etish. Men bu erda besh yildan beri o'ynayapman va shu vaqt ichida 8 ta sovrin yutdik, ikki marta Chempionlar ligasi finaliga chiqdik. Albatta, shu finallardan loaqal bittasida g'alaba qozonishni juda xohlagandik, ammo bu futbol. Biz yana Skudetto va boshqa kuboklarni qo'lga kiritishga harakat qilamiz», — dedi Chalxanoglu Football-Italia nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, «Inter» va «Montsa» o'rtasidagi shanba kungi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ