«Real» yosh yarimhimoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi
18 AVGUST, 2026, 06:18
Madridning «Real» klubi «Rasing» a'zosi Serxio Martinesning harakatlarini kuzatib bormoqda. Diario AS va Madrid Universal xabariga ko'ra, madridliklar 19 yoshli futbolchini sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Ispaniyalik yosh iqtidorning shartnomasida 3 million evro miqdorida tovon puli ko'rsatilgan. Serxio Martines yaqinda La Liganing 1-turidan o'rin olgan «Vilyarrealga» qarshi bahsda (2:2) gol urib, katta futboldagi ilk golini urgan edi. U «Rasing» asosiy jamoasida 14 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 1 ta assist muallifi bo'lgan.
«Real Madrid» navbatdagi o'yinini 22 avgust kuni «Espanol»ga qarshi o'tkazadi.
