logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Leau A Seriyaning boshqa bir klubiga taklif qilindi

 18 AVGUST, 2026, 06:00

«Milan» hujumchisi Rafael Leau faoliyatini «Roma»da davom ettirishi mumkin. Jurnalist Sasha Tavolerining xabariga ko'ra, futbolchining agenti Jorje Mendesh 27 yoshli portugaliyalik xizmatlarini shaxsan Rim klubi egalariga taklif qilgan.

«Rossoneri» portugaliyalik vingerning transfer narxini pasaytirdi — endilikda ular avvalgi 60 million evro o'rniga taxminan 40 million evro evaziga Leauni sotishga tayyor.

Leauning o'zi yoz boshida faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishni xohlashini aytgan edi, ammo boshqa ligalardan xaridor topish murakkablik tug'dirmoqda.

Shuningdek, «Milan» portugaliyalik futbolchining o'rnini to'ldirish uchun «Strasburg» a'zosi Diego Moreyra nomzodini ko'rib chiqmoqda va uning uchun 45 million evro to'lashga tayyor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ