Xabi Alonso «Chelsi»ga Xenderson va Uelbek nega kerak bo'lganini tushuntirdi
17 AVGUST, 2026, 22:48
«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso klubning yozda Jordan Xenderson va Denni Uelbek kabi tajribali futbolchilarni tarkibga qo'shgani sababini izohladi.
Ispaniyalik mutaxassisning aytishicha, jamoada iqtidorli yoshlar etarli, biroq murakkab vaziyatlarda xotirjamlikni saqlash va o'yinni nazorat qilish tajribasi etishmagan.
«Iqtidor ko'p edi, ammo qiyin lahzalardan chiqib ketish uchun xotirjamlik etishmasdi. Ishlar rejadagidek ketmayotganida qanday yo'l tutishni bilish va yoshlarga yordam beradigan etakchilik kerak. Yosh futbolchilar qo'llab-quvvatlashga muhtoj va bu odatda ko'p o'yin o'tkazgan tajribali sheriklardan keladi», — dedi Alonso.
Murabbiy tarkib salohiyatini yuqori baholashini, ammo jismoniy imkoniyat, iqtidor va tajriba o'rtasida to'g'ri muvozanat bo'lishi zarurligini ta'kidladi. U bu masalani klub xodimlari va futbolchilar bilan ham muhokama qilgan.
Alonsoning fikricha, amalga oshirilgan ishlar natijasida «Chelsi» yangi loyihani boshlash uchun yaxshi nuqtaga etib kelgan. Xenderson va Uelbekdan esa maydondagi vazifalardan tashqari, yosh o'yinchilarning rivojlanishiga yordam berish ham kutilmoqda.
