«Chelsi» va «Napoli» himoyachi transferi bo'yicha hujjatlarni tayyorlad
17 AVGUST, 2026, 22:48
«Chelsi» himoyachisi Benua Badyashil faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishga yaqin. Fabritsio Romanoning xabar berishicha, «Napoli» frantsuz futbolchisini ijaraga olish bo'yicha barcha hujjatlarni rasmiylashtirgan.
25 yoshli markaziy himoyachi neapolliklar bilan shaxsiy shartlarni kelishib olgan. U shu hafta Italiyada tibbiy ko'rikdan o'tadi. Tekshiruv muvaffaqiyatli yakunlansa, transfer rasman e'lon qilinadi.
Kelishuv shartlariga ko'ra, «Napoli» ijara uchun 3 mln evro to'laydi. Yana 1 mln evro bonuslar ko'rinishida nazarda tutilgan. Italiya klubi kelasi yozda Badyashilni 27 mln evroga to'liq sotib olish huquqiga ham ega bo'ladi.
Romano, shuningdek, Nayef Agerd «Napoli» uchun muqobil nomzod bo'lmaganini ma'lum qildi. Klub Badyashil bilan og'zaki kelishuvga o'tgan haftadayoq erishgan.
Frantsiyalik futbolchi 2025/26 yilgi mavsumda «Chelsi» safida barcha musobaqalarda 14 ta o'yinda qatnashib, maydonda 861 daqiqa harakat qildi. U gol urmadi va golli uzatma ham amalga oshirmadi. Italiyadagi ijara himoyachiga faoliyatini qayta yo'lga qo'yish imkonini berishi mumkin.
