logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Noyer kelajagi haqida: "Hozircha hammasini o'z oqimiga qo'yib boraman"

 17 AVGUST, 2026, 22:42

"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer "Leyptsig"ga qarshi 3:1 hisobida yakunlangan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng o'z kelajagi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

"Avvalo shuni aytishim kerakki, o'zimni yaxshi his qilyapman. Qaysi raqibga qarshi o'ynashimizdan qat'i nazar, har bir o'rtoqlik uchrashuviga jiddiy yondashish kerak.

Biz Osiyoda "Aston Villa"ga qarshi ham o'ynadik va hozirgidek juda ishonchli o'yin ko'rsatdik. Albatta, ko'plab almashtirishlar bo'ldi, murabbiy futbolchilarga o'yin amaliyoti berish va yuklamani taqsimlashga harakat qildi. Biz g'alabaga munosib edik va yaxshi o'ynadik", — dedi Noyer.

40 yoshli germaniyalik golkiper kelasi yozda faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqidagi savolga ham javob berdi.

"Kelasi yozda faoliyatimni yakunlaymanmi? Hozircha hammasini o'z oqimiga qo'yib boraman, keyin nima bo'lishini ko'ramiz. Bu mavsumni eng yuqori maqsadlar uchun kurashish niyatida o'tkazaman. Undan keyin nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi", — dedi u.

Noyerning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan. U joriy yilda klub bilan kelishuvini uzaytirgan.

O'tgan mavsumda Noyer "Bavariya" safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 40 ta gol o'tkazib yubordi. U 10 ta bahsda darvozasini daxlsiz saqladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ