logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

APL translyatsiyalarida futbolchilar va hakamlar suhbati eshittiriladi

 17 AVGUST, 2026, 22:36

Angliya Premer-ligasi o'yinlari translyatsiyasida futbolchilarning hakamlar bilan suhbatlaridan audiolar ilk bor namoyish etiladi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Yangilik RefCam tizimi imkoniyatlarini kengaytirish doirasida joriy qilinadi. Hakam boshiga o'rnatiladigan kamera bahsli vaziyatlarni uning nuqtayi nazaridan ko'rsatish imkonini beradi. Tizim o'tgan mavsum olti haftalik sinovdan o'tkazilib, keyin translyatsiyalarning doimiy qismiga aylangandi.

Avval RefCam orqali yozib olingan suhbatlardan o'yin vaqtida foydalanish mumkin emasdi va audiolar bir necha kundan keyingina ochiqlanardi. Endi har bir turda shunday yozuvlar mavjud bir yoki ikkita vaziyatni deyarli darhol takroriy lavha bilan birga namoyish etish rejalashtirilgan.

Biroq suhbatlar to'g'ridan to'g'ri efirda uzatilmaydi. Shuningdek, VAR tekshirayotgan epizodlarga tegishli muloqotlar ham eshittirilmaydi. Bunga IFAB qoidalari yo'l qo'ymaydi.

APL va avval PGMOL nomi bilan faoliyat yuritgan Pro Ref tashkiloti kelajakda hakamlar muloqotini jonli efirda namoyish etishga ruxsat olish uchun IFAB bilan muzokara olib bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ