Rasman: Xulio Ensiso "Ipsvich"ga o'tdi
17 AVGUST, 2026, 22:36
"Strasbur"ning 22 yoshli paragvaylik hujumkor yarim himoyachisi Xulio Ensiso "Ipsvich"ga o'tdi. Bu haqda Angliya klubining rasmiy sayti xabar berdi.
Futbolchi yangi jamoasi bilan 2031 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Transferning moliyaviy tafsilotlari rasman oshkor qilinmagan.
The Athletic ma'lumotiga ko'ra, bonuslarni ham hisobga olganda, kelishuv qiymati 30 mln evrodan oshadi.
Ensiso o'tgan mavsumda "Strasbur" safida barcha musobaqalar doirasida 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Paragvaylik futbolchi "Ipsvich" muhitiga begona emas. U 2024/25 yilgi mavsumda ham ushbu klub safida harakat qilib, 13 ta uchrashuvda 2 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etgan.
