O'zbekistonlik kurashchi Quvonchbek Ismoilov jahon chempioni bo'ldi
17 AVGUST, 2026, 22:30
Slovakiyaning Bratislava shahrida sport kurashlari bo'yicha U20 yosh toifasidagi jahon chempionati bo'lib o'tmoqda. Musobaqa an'anaga muvofiq yunon-rum kurashi bahslari bilan boshlandi.
Bugun -63 kg vazn toifasidagi final bahsida O'zbekiston vakili Quvonchbek Ismoilov rossiyalik Salim Karmaxovga qarshi gilamga chiqdi.
Keskin kechgan bellashuvda hamyurtimiz 9:7 hisobida g'alaba qozonib, U20 jahon chempionati oltin medaliga sazovor bo'ldi.
Shu tariqa, Quvonchbek Ismoilov Bratislavadagi dunyo birinchiligida O'zbekiston terma jamoasi hisobiga chempionlik unvonini qo'shib qo'ydi.
