logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Manchester Yunayted» Gavi uchun katta summa taklif qilmoqchi

 17 AVGUST, 2026, 22:18

«Manchester Yunayted» «Barselona» yarim himoyachisi Gavini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda El Nacional xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, «qizil iblislar» ispaniyalik futbolchi uchun birinchi rasmiy taklifni tayyorlamoqda. Angliya klubi «Barselona»ga 55 mln evro taklif qilishni rejalashtirgan.

Qayd etilishicha, Gavining o'zi ham Kataloniya klubidagi kelgusi roli borasida ayrim shubhalarga ega. Shu sababli uning yozgi transfer oynasida boshqa jamoaga o'tishi ehtimoli istisno qilinmayapti.

Yarim himoyachining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar mo'ljallangan.

Transfermarkt portali Gavining bozor qiymatini 30 mln evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ