logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Osimxen «Manchester Yunayted»ga o'tishga qarshi emas

 17 AVGUST, 2026, 22:12

«Manchester Yunayted» «Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimxenni o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Football FanCast xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, «qizil iblislar» nigeriyalik futbolchining ehtimoliy transferi imkoniyatini o'rganib chiqqan. Osimxenning o'zi ham Angliya klubiga o'tish masalasida o'z pozitsiyasini bildirgan.

Qayd etilishicha, hujumchi «Manchester Yunayted» safiga qo'shilishga qarshi emas va bunday transfer variantini ijobiy baholamoqda.

Viktor Osimxenning «Galatasaroy» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo'ljallangan.

Transfermarkt portali hujumchining bozor qiymatini 75 mln evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ