logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Shartnomasi 2027 yilda tugaydigan eng qimmat futbolchilar ro'yxati tuzildi

 17 AVGUST, 2026, 21:54

Transfermarkt 2027 yil iyun oyida shartnomasi yakunlanadigan eng qimmat futbolchilar ro'yxatini taqdim etdi. Ma'lumotlar 2026 yil 16 avgust holatiga ko'ra tuzilgan.

Reytingni «Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn boshqarmoqda. 33 yoshli angliyalikning bozor qiymati 60 mln evro deb baholangan. «Manchester Siti»dan «Barselona»ga o'tishi kutilayotgan Rodri 55 mln evro bilan ikkinchi, «Inter» himoyachisi Federiko Di Marko esa 50 mln evro bilan uchinchi o'rinda.

Kuchli o'nlik:

Xarri Keyn — «Bavariya», 60 mln evro; Rodri — «Manchester Siti», 55 mln evro; Federiko Di Marko — «Inter», 50 mln evro; Lisandro Martines — «Manchester Yunayted», 45 mln evro; Gabriel Martinelli — «Arsenal», 45 mln evro; Kristian Pulishich — «Milan», 40 mln evro; Yasin Ayari — «Brayton», 40 mln evro; Senni Mayyulyu — PSJ, 35 mln evro; Brunu Fernandesh — «Manchester Yunayted», 35 mln evro; Braim Dias — «Real», 35 mln evro.

Ro'yxatdan Kyortis Jons, Jan-Filipp Mateta, Kalvin Bassi, Joau Feliks, David Raum va Risharlison kabi futbolchilar ham o'rin olgan. Agar klublar ular bilan yangi bitim tuzmasa, o'yinchilar 2027 yil yanvaridan boshlab boshqa jamoalar bilan dastlabki shartnoma bo'yicha muzokara o'tkazish huquqiga ega bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ