logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Sevilya» yarim himoyachisini Saudiya Arabistoniga sotishga urinmoqda

 17 AVGUST, 2026, 21:54

«Sevilya» yarim himoyachisi Lyusen Agume Saudiya Arabistoni klublaridan birining qiziqish doirasiga tushdi.

Jurnalist Manolo Agilarning xabar berishicha, 23 yoshli futbolchi uchun andalusiyaliklarga 30 mln evrolik taklif kelib tushgan.

Agume hozircha Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishga katta qiziqish bildirmayapti. Biroq «Sevilya» rahbariyati moliyaviy jihatdan manfaatli bo'lgan ushbu transferni amalga oshirish maqsadida futbolchini ko'ndirishga urinmoqda.

Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar natijasi ko'p jihatdan Agumening yakuniy qaroriga bog'liq bo'ladi. Hozircha klub nomi va taklifning boshqa shartlari ma'lum qilinmagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ