logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Barselona» darvozaboni «Almeriya»ga o'tdi

 17 AVGUST, 2026, 21:48

«Barselona»ning vengriyalik darvozaboni Aron Yaakobishvili «Almeriya» futbolchisiga aylandi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Tomonlar ijara shartnomasini rasmiylashtirdi. Kelishuvga 2027 yildan boshlab futbolchining transfer huquqlarining 50 foizini sotib olish imkonini beruvchi band kiritilgan.

Yaakobishvili yangi jamoasi bilan shartnoma imzolab bo'ldi. Shu tariqa, yosh darvozabon ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida faoliyatini «Almeriya» safida davom ettiradi. «Barselona» esa uning transfer huquqlarining bir qismini o'zida saqlab qolishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ