logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Rodri «Manchester Siti» tarixidagi ikkinchi eng qimmat sotuvga aylanishi kutilmoqda

 17 AVGUST, 2026, 21:36

Rodrining «Barselona»ga transferi amalga oshsa, u «Manchester Siti» tarixida eng katta mablag' evaziga sotilgan ikkinchi futbolchiga aylanadi.

Bonuslar ham qo'shib hisoblanganda, kelishuvning umumiy qiymati 65,4 mln funtga etishi mumkin. Bu borada rekord 2024 yilda 82 mln funt evaziga «Atletiko»ga o'tgan Xulian Alvaresga tegishli.

«Manchester Siti»ning eng qimmat sotuvlari:

Xulian Alvares — «Atletiko», 82 mln funt; Rodri — «Barselona», 65,4 mln funt; Ferran Torres — «Barselona», 55,2 mln funt; Leroy Sane — «Bavariya», 54,8 mln funt; Rahim Sterling — «Chelsi», 47,5 mln funt; Gabriel Jezus — «Arsenal», 45 mln funt.

Ko'rsatilgan summalar ehtimoliy bonuslarni ham o'z ichiga oladi. Rodrining natijasi esa transfer to'liq rasmiylashtirilgan taqdirdagina klub statistikasiga kiritiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ