«Manchester Yunayted» Brunu Fernandesh bo'yicha barcha takliflarni rad etadi
17 AVGUST, 2026, 21:36
«Manchester Yunayted» yozgi transferlar oynasida jamoa sardori Brunu Fernandesh bo'yicha tushadigan har qanday taklifni rad etishga qaror qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Manbaga ko'ra, o'tgan haftada 31 yoshli portugaliyalik yarim himoyachiga «Galatasaroy», «Yuventus» va «Milan» qiziqish bildirgan. Turkiya klubi umumiy qiymati 50 mln evroga etishi mumkin bo'lgan taklif ham tayyorlagan.
Biroq mankunianliklar rahbariyati Fernandesh hech qanday summa evaziga sotilmasligini bildirgan. Klubning hozirgi pozitsiyasi o'tgan yozdagidan farq qiladi. O'shanda «Yunayted» futbolchiga Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubidan tushgan taklif bo'yicha qarorni mustaqil qabul qilish imkonini bergandi.
Fernandeshning amaldagi shartnomasi yana bir mavsumga mo'ljallangan. U o'tgan mavsum Angliya Premer-ligasida 21 ta golli uzatma amalga oshirib, turnirning yangi rekordini o'rnatgan.
