«Lokomotiv» Superliga 17-turida to'p nazorati bo'yicha eng yaxshi natijani qayd etdi
17 AVGUST, 2026, 21:30
O'zbekiston Superligasi 17-turida to'pga egalik qilish bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichlar qayd etgan jamoalar ma'lum qilindi.
HUDL taqdim etgan statistikaga ko'ra, «Lokomotiv» 72 foizlik natija bilan ro'yxatda birinchi o'rinni egalladi. Keyingi pog'onalardan «Surxon» — 68, «Mash'al» — 67 va «Dinamo» — 65 foizlik ko'rsatkich bilan joy oldi.
Biroq to'p nazorati ushbu jamoalarga g'alaba keltirmadi. «Lokomotiv» «Qo'qon-1912»ga 1:2, «Surxon» «So'g'diyona»ga 1:3, «Mash'al» esa «Qizilqum»ga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. «Dinamo» «Xorazm» bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.
Shu tariqa, mazkur ko'rsatkich bo'yicha turning eng yaxshi to'rt jamoasidan hech biri uch ochko qo'lga kirita olmadi.
