Lempard jamoasi 9 million funtga yangi hujumchi sotib oldi
17 AVGUST, 2026, 21:24
"Nottingem Forest" hujumchisi Tayvo Avoniyi faoliyatini "Koventri" klubida davom ettiradi.
Sky Sports ma'lumotiga ko'ra, Frenk Lempard boshqarayotgan jamoa 29 yoshli nigeriyalik futbolchining transferi uchun 9 mln funt sterling to'lagan.
Avoniyi o'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

