"Komo" Moyze Kin uchun dastlabki taklifni yubordi
17 AVGUST, 2026, 21:24
"Komo" "Fiorentina" hujumchisi Moyze Kinni o'z safiga qo'shib olish bo'yicha birinchi rasmiy taklifini yubordi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio sayti xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, taklifning umumiy qiymati 30 mln evroni tashkil qiladi. Shundan 5 mln evro futbolchini ijaraga olish uchun, yana 25 mln evro esa majburiy sotib olish sharti asosida to'lanishi ko'zda tutilgan.
Biroq "Fiorentina" bunday shartlarga rozi bo'lish niyatida emas. Florentsiya klubi Kinni jamoada saqlab qolishni istamoqda va uni faqat juda katta summadagi taklif tushgan taqdirdagina sotish masalasini ko'rib chiqishga tayyor.
26 yoshli hujumchi o'tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Joriy mavsumdagi ilk o'yinida — Italiya kubogi bahsida — Kin o'z hisobiga yana 1 ta gol yozdirib qo'ydi.
