Vikario Turinga etib keldi
17 AVGUST, 2026, 20:48
«Yuventus» yaqin vaqt ichida Gulelmo Vikarioni o'z safiga qo'shib oladi.
Darvozabon allaqachon Turinga etib kelgan, deya xabar berdi jurnalist Romeo Agresti. Insayder Fabritsio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, italiyalik futbolchi «Tottenxem»dan bir yilga ijaraga olinadi va uni 8+2 million evro evaziga sotib olish imkoniyati ham mavjud.
Italiyada Vikario «Empoli», «Venetsiya», «Kalyari» va «Perudja» klublari sharafini himoya qilgan. APLda esa u uch mavsum o'tkazdi.
