Mourinoga ispan futbolchisi kerak
17 AVGUST, 2026, 20:48
«Real» o'z tarkibini kuchaytirish ustida ishlamoqda. Mundo Deportivo'ning TeamTalk nashriga tayanib xabar berishicha, Madrid jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino klub rahbariyatidan yarim himoyachi Martin Subimendini transfer qilishni so'ragan.
Qayd etilishicha, «Arsenal» 27 yoshli Subimendi uchun yaxshi taklif tushsa, uni sotishga tayyor.
Martin Subimendi «Arsenal» safida 58 ta rasmiy o'yin o'tkazgan. Ushbu uchrashuvlarda yarim himoyachi 6 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Subimendining qiymatini 75 million evro deb baholamoqda.
Bu yozda Subimendi Ispaniya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo'ldi.
