«Chelsi» futbolchisining narxi vaqt o'tishi bilan ko'tarilib bormoqda
17 AVGUST, 2026, 20:00
«Chelsi» yarim himoyachisi Entso Fernandes hanuz «Manchester Siti»ning qiziqish doirasida. Biroq endi «shaharliklar» argentinalik futbolchi uchun 120 million funtdan (140 million evro) ko'proq to'lashiga to'g'ri keladi.
«Manchester Siti» Fernandesni 120 million funtga sotib olish imkoniyatini qo'ldan boy berdi — «Chelsi» bu taklif uchun juma oqshomiga qadar muddat belgilagan edi.
Endi «ko'klar» yuqoriroq summa talab qiladi, chunki futbolchiga o'rinbosar topish uchun qolgan vaqt yanada qisqardi. Bu haqda jurnalist Mett Lou xabar bermoqda.
