logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Olimpiakos» Remo Froyler transferini rasman e'lon qildi

 17 AVGUST, 2026, 19:12

«Olimpiakos» «Bolonya» yarim himoyachisi Remo Froylerni o'z safiga qo'shib olganini rasman e'lon qildi.

34 yoshli shveytsariyalik futbolchi Pirey klubiga erkin agent sifatida o'tdi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma muddati hozircha ma'lum qilinmagan.

Froyler 2023 yildan buyon «Bolonya» safida to'p surib kelayotgan edi. U Italiya klubi tarkibida jami 123 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shveytsariyalik yarim himoyachi faoliyati davomida «Atalanta», «Nottingem Forest», «Vintertur», «Lyutsern» va «Grassxopper» klublarida ham o'ynagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ