Kanselu: "Maoshimning bir qismidan voz kechdim, ammo..."
17 AVGUST, 2026, 19:06
«Barselona» Joau Kanseluni o'z safiga qo'shib oldi.
So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, 32 yoshli portugaliyalik himoyachi «Al-Hilol» bilan shartnomasini bekor qilib, kataloniyaliklar safiga erkin agent sifatida qo'shildi. Kanselu «Barselona» bilan ikki yillik shartnoma bo'yicha kelishib olgan. Futbolchi bu borada fikr bildirdi.
«Men juda xursandman, chunki aynan o'zim xohlagan joyimdaman. Bir hafta davomida alohida mashg'ulot o'tkazdim.
Men maoshimning bir qismidan voz kechdim, ammo bu «Barselona»da o'ynash uchun edi, aks holda hech narsa bo'lmasdi.
Bu juda o'ziga xos klub. Men jamoaga yordam berish uchun keldim va ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritishga umid qilaman. Biz ajoyib jamoa tuzyapmiz», — dedi futbolchi.
