logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Superliga 17-turi: to'p uzatishda eng aniq jamoalar ma'lum qilindi

 17 AVGUST, 2026, 19:00

O'zbekiston Superligasi 17-turida to'p uzatishlar aniqligi bo'yicha eng yaxshi natija qayd etgan jamoalar e'lon qilindi. Statistik ma'lumotlar HUDL platformasi tomonidan taqdim etilgan.

Turning eng yuqori ko'rsatkichi «Surxon» hisobiga yozildi. Termizlik futbolchilar amalga oshirgan to'p uzatishlarning 86 foizi o'z manziliga etib borgan.

Ikkinchi o'rinni 85 foizlik natija bilan Samarqandning «Dinamo» klubi egalladi. «Lokomotiv» 84 foiz, «Mash'al» esa 83 foizlik aniqlik ko'rsatdi.

17-turdagi eng yuqori to'p uzatish aniqligi:

«Surxon» — 86 foiz; «Dinamo» — 85 foiz; «Lokomotiv» — 84 foiz; «Mash'al» — 83 foiz.

Qizig'i, ushbu ro'yxatdagi to'rt jamoadan birortasi ham 17-turda g'alaba qozona olmadi. «Surxon» o'z maydonida «So'g'diyona»ga 1:3, «Lokomotiv» esa «Qo'qon-1912»ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. «Mash'al» «Qizilqum»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Faqat «Dinamo» ochko ishlashga muvaffaq bo'ldi — samarqandliklarning «Xorazm»ga qarshi uchrashuvi 2:2 hisobida yakunlandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ