logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Fabritsio Romano: «Rodri Fermindan 16-raqamni so'radi»

 17 AVGUST, 2026, 19:00

«Barselona» safiga qo'shilishi kutilayotgan Rodri jamoada 16-raqam ostida harakat qilish istagini bildirgan.

Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, ispaniyalik yarim himoyachi ayni paytda ushbu raqam egasi bo'lgan Fermin Lopesdan uni o'ziga berishni so'ragan.

Avvalroq La Liganing rasmiy saytida Fermin 7-raqam ostida qayd etilgandi. Biroq «Barselona» hozircha futbolchilar raqamidagi o'zgarishlar bo'yicha rasmiy axborot bergani yo'q.

Agar Fermin 7-raqamga o'tsa, Rodri uchun 16-raqam bo'shaydi. Endi klubning transfer va yangi mavsum uchun raqamlar taqsimotini rasman e'lon qilishi kutilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ