logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Barselona»da 7-raqamning yangi egasi ma'lummi? (Foto)

 17 AVGUST, 2026, 18:48

La Liganing rasmiy saytida Fermin Lopes «Barselona»ning 7-raqamli futbolchisi sifatida qayd etildi.

23 yoshli yarim himoyachi avvalgi mavsumda 16-raqamda to'p surgan. 7-raqam esa Ferran Torres «PSJ»ga o'tganidan keyin bo'sh qolgandi.


Shunga qaramay, «Barselona» Ferminning raqami o'zgargani haqida hozircha rasmiy xabar bermadi. La Liga saytidagi ma'lumot texnik yangilanish yoki mavsum uchun dastlabki ro'yxat bo'lishi ham mumkin. Yakuniy tasdiq klubning rasmiy sahifalarida e'lon qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq Kataloniya matbuoti Fermin 7-raqamni olishi mumkinligi haqida xabar bergandi. Bunday holatda uning avvalgi 16-raqami «Manchester Siti»dan kelayotgan Rodriga berilishi ehtimoli bor.

7-raqamli libosni «Barselona» tarixida David Vilya, Pedro, Usmon Dembele va Antuan Grizmann kabi futbolchilar kiygan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ