logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Navbahor» Superliga 17-turida eng yuqori xG ko'rsatkichini qayd etdi

 17 AVGUST, 2026, 18:36

O'zbekiston Superligasi 17-turida kutilgan gollar — xG ko'rsatkichi bo'yicha eng yaxshi natija qayd etgan jamoalar ma'lum qilindi. Statistik ma'lumotlar HUDL platformasi tomonidan taqdim etilgan.

Turning eng yuqori natijasi «Navbahor» hisobiga yozildi. Namanganliklar «Bunyodkor»ga qarshi o'yinda 4,23 xG ko'rsatkichini qayd etdi va uchrashuvda to'rtta gol urdi. Sermahsul bahs 4:3 hisobida «Navbahor» foydasiga yakunlandi.

Ikkinchi o'rinni 2,64 xG bilan «Neftchi» egalladi. Farg'onaliklar «Andijon» maydonida uchta gol urib, 3:0 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi.

17-turdagi eng yuqori xG ko'rsatkichlari:

«Navbahor» — 4,23; «Neftchi» — 2,64; «So'g'diyona» — 2,29; «Surxon» — 1,74.

«So'g'diyona» va «Surxon» o'zaro bahsda ushbu ro'yxatning uchinchi hamda to'rtinchi o'rinlarini egalladi. Jizzaxliklar 2,29 xG ko'rsatkichi bilan uchta gol urgan bo'lsa, «Surxon» 1,74 xG'dan faqat bir marta foydalandi. Uchrashuv «So'g'diyona»ning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi.

xG — jamoa yaratgan golli vaziyatlarning sifati va ulardan gol urilish ehtimolini ifodalovchi statistik ko'rsatkich. U zarba berilgan masofa, burchak, uzatma turi va boshqa omillar asosida hisoblanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ