«Milan» Belgiya terma jamoasi vingerini o'z safiga qo'shib oladi
17 AVGUST, 2026, 18:36
«Milan» «Strasbur»ning 22 yoshli vingeri Diego Moreyrani o'z safiga qo'shib olish bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Goal portali xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, muzokaralar hal qiluvchi bosqichga kirgan va transfer summasi taxminan 45 mln evroni tashkil etadi.
Moreyra chap oyoqda harakat qiladigan qanot futbolchisi hisoblanadi. U yoshlar darajasida Portugaliya terma jamoalari sharafini himoya qilgan, ammo kattalar futbolida Belgiya milliy jamoasini tanlagan. Futbolchi Belgiyaning JCh-2026 uchun qaydnomasidan ham joy olgan.
O'tgan mavsumda Moreyra klub miqyosida 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchi faoliyati davomida avval «Chelsi», «Lion», «Benfika» va «Standard» klublari sharafini ham himoya qilgan.
