logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Kerkez Iraola va Slot uslubi o'rtasidagi farqni aytdi

 17 AVGUST, 2026, 18:30

"Liverpul" himoyachisi Milosh Kerkez Andoni Iraola qo'l ostidagi ish uslubi o'tgan mavsumda Arne Slot davridagidan nimasi bilan farq qilishini tushuntirdi. Vengriyalik futbolchi avvalroq "Bornmut"da ham ispaniyalik mutaxassis qo'l ostida to'p surgan.

"Albatta, farq juda katta. Biz ancha agressivroq o'ynayapmiz va maydonda ko'proq ishlashimiz kerak. Bu oson emas, ammo agar Chempionlar ligasi va APL kabi eng yuqori darajada raqobatlashmoqchi bo'lsangiz, xuddi shunday o'ynash shart", — deya Kerkezning so'zlarini Liverpool Echo keltiradi.

Himoyachi yangi tizimda hujumga qo'shilish uchun ko'proq erkinlik olganini ham ta'kidladi.

"Men oldinga ham, orqaga ham tez-tez harakat qila olaman. Endi menda ko'proq erkinlik bor, maydon bo'ylab ko'proq harakatlanaman va jarima maydoniga tez-tez to'p uzataman", — dedi Kerkez.

Futbolchining aytishicha, Iraola hali "Bornmut"da ishlagan vaqtidayoq unga katta ishonch bergan. Endi ispaniyalik mutaxassis Kerkezdan chap qanotda hujumkor vazifalarda yana faol foydalanishni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, Kerkez "Liverpul"ning himoyadagi o'yini ustida hali ishlashi kerakligini qayd etdi. Ayniqsa, vingerlarning mudofaaga qaytib yordam berishi muhim ekanini ta'kidladi.

"Liverpul" Angliya Premer-ligasining yangi mavsumini 23 avgust kuni safarda "Nyukasl"ga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ