logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Nvaneri "Arsenal"ni tark etmoqchi

 17 AVGUST, 2026, 18:24

Londonning "Arsenal" klubi 19 yoshli yarim himoyachisi Itan Nvaneri yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar jamoani tark etish niyatida. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, yosh futbolchiga "Milan" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Italiya grandi vakillari Nvanerining ehtimoliy transferi yuzasidan "Arsenal" bilan allaqachon aloqaga chiqqan.

Qayd etilishicha, transfer bo'yicha yakuniy qarorni futbolchining o'zi qabul qiladi.

Nvaneri o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini Frantsiyaning "Marsel" klubida ijara asosida o'tkazdi. U frantsuz jamoasi safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Itan Nvanerining "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 35 mln evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ